Olimlar pandemiya paytida “karantin”, “virusprudensiya”, “makaronovirus» kabi bir qator so'zlar iste'molda paydo bo'lganini aytdi.
Ispaniyada pandemiya coronials (“koroniallar”) — karantin davrida tug'ilgan avlod, balconazis — boloxonadagi odamlar, kabi so'zlarning paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. Finlyandiyada pandemiya paytida odamlar “korona” bilan bog'liq o'nlab so'zlarni o'ylab topdi. Masalan, koronatuki — bu firma va tashkilotlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga nisbatan ishlatildi. Shvetsiyada coronasjuk — koronavirus ta'siriga uchragan, coronaoffer — “toj” qurboni, kabi so'zlar paydo bo'ldi.
Ural Federal universiteti rus tili, umumiy tilshunoslik va nutq aloqasi kafedrasi professori Irina Vepreva bunday so'zlarning paydo bo'lishi jamiyat hayotidagi psixologik qiyin davrga moslashish usullaridan biri, deb hisoblaydi. Uning ta'kidlashicha, jamiyatning holatini kinoya bilan etkazadigan juda ko'p oddiy so'zlar paydo bo'lgan.