Finlyandiya parlamenti NATO ga a'zolik bo'yicha qonun loyihasini ma'qulladi

    Finlyandiya parlamenti mamlakatning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga qo'shilishi to'g'risida hukumat tomonidan kiritilgan qonun loyihasini ma'qulladi.

    Shartnomani ma'qullash uchun 184 deputat ovoz berdi, 7 nafari qatnashmadi, bir nafari betaraf qoldi. Finlyandiya miqyosida mamlakatning NATOga arizasini ratifikatsiya qilish bo'yicha yakuniy masalani parlamentning ovoz berishidan keyin mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo hal qiladi.

    Biroq Finlyandiya va Shvetsiya NATOning barcha 30 davlati tomonidan ratifikatsiya jarayoni yakunlanmaguncha Ittifoqqa a'zo bo'la olmaydi, ulardan faqat Vengriya va Turkiya buni tasdiqlamagan, deyiladi ria.ru saytida.