“Terrafame kompaniyasi Sotkamodagi (mamlakatning shimoli-sharqidagi kon) sanoat maydonchasida tabiiy uran qazib olishni boshladi. Ish boshlanishi bilan Finlyandiya uran ishlab chiqaradigan Yevropa Ittifoqidagi yagona davlatga aylanadi”, deyiladi kompaniya saytidagi bayonotda.
Korxona 2026-yilga kelib to'liq quvvatga kirishi, uran ishlab chiqarish hajmi esa yiliga 200 tonnaga yaqin bo'lishi kutilmoqda. Ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko'rish uchun investitsiyalar hajmi qariyb 20 million yevroni tashkil etdi, deb xabar beradi ria.ru.