Mazkur mutaxassis boʻyicha qisqacha maʼlumot bersak, u pedagogika fanlari doktori va pedagogika yoʻnalishida xalqaro darajadagi mutaxassis hisoblanadi (Finlyandiyadan tashqari Nederlandiya, Angliya, Portugaliya va Vengriya davlatlarida ishlagan).

Oʻz navbatida, Finlyandiya taʼlimi rivojlanishiga turtki boʻlgan 1994-yildan boshlab joriy qilingan Taʼlimni isloh qilish konsepsiyasi muallifi hamdir. Mutaxassis Oʻzbekistondagi xalq taʼlimi tizimi boʻyicha ham muayyan tajribaga va maʼlumotlarga ega.

Jumladan, mutaxassis joriy yil 15-19-may kunlari “Taʼlimdagi oʻqitish metodikalari boʻyicha Finlyandiya tajribasi” mavzusida respublikamizda treninglar oʻtkazgan. Mutaxassisni 1 yil muddatga xalq taʼlimi tizimiga jalb qilish va uning mahoratidan quyidagi yoʻnalishlarda foydalanish rejalashtirilmoqda:

- Qashqadaryo viloyatida xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha 3 yillik mahalliy dasturini ishlab chiqish;

- tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridagi 2 nafardan metodistlarni finlyandiya taʼlimi tajribasi boʻyicha tayyorlash;

- viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish va boshqalar.

Xorijiy mutaxassisning viloyatdagi faoliyati davomida:

Milliy baholash reytingida past natija koʻrsatgan maktablarimizda treninglar va oʻqituvchilar dars berishini kuzatish tadbirlari tashkil qilinadi;

maktablarda taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchilarning dars oʻtish metodikasi tahlil qilinadi;

xalq taʼlimi tizimidagi fan metodistlarining faoliyati tahlil qilinib, finlyandiya tajribasi asosida ularni salohiyatini oshiriladi;

maktablarda oʻqituvchilarni oʻz ustida ishlashni yanada ragʻbatlantiradigan tizim yaratiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan xalq taʼlimi yoʻnalishida oʻtkazilgan yigʻilishlarda aynan Finlyandiya misol qilib koʻrsatilgan.

Ushbu mamlakat taʼlim sifatini baholash boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi oʻz muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Fin oʻquvchilari taʼlim sifatini baholash boʻyicha tadqiqotidagi barcha yoʻnalishlarda savodxonlik koʻrsatkichlari boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.

Oʻz navbatida, finlyandiyalik mutaxassisning viloyatimizda pedagogika yoʻnalishida taʼlim berilayotgan oliygohlar talabalari bilan ham ochiq muloqotlarini tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tez orada fin mutaxassisi salohiyati bilan umumtaʼlim tizimidagi oʻqituvchilarni koʻpchilik qismini qamrab olish va oʻziga xos muloqot maydonini yaratish maqsadida, telegram bot ham ishga tushiriladi.