Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda “Uzum Bank” AJ nomidan foydalanib tarqatilayotgan “Salom! Men ”Uzum Bank“ tomonidan oʻtkazilgan mitingda ishtirok etdim, u yerda pul va ”iPhone" oʻynayapti.

Taxmin qiling menga 500.000 soʻm tashladilar, men gʻalaba qozondim. Agar xoxlasangiz bu yerda ham sinab koʻrishingiz mumkin." mazmunidagi xabarlar kelsa, ASLO ularga ISHONMANG. Ushbu xabarlar YOLGʻON.

Ehtiyot boʻling firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmang.

Eʼtiborli boʻling, firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar.

Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil maʼlumotlarni olish uchun bizning kanallarizni kuzatib boring!