Undan davlat foydasiga 66 900 000 soʻm jinoiy jarima undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Muborak tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida boʻlgan barcha mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi talabiga asosan Byuroning “MIB portal” tizimli dasturi orqali elektron onlayn soʻrovnomalar yuborilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga bir necha marotaba ogohlantirishlar berilib, ijro hujjatida koʻrsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun muddat berilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor B.A. dan jinoiy jarima toʻliq undirilib, ijro ishi yuritish tamomlangan.