Aviakompaniya tomonidan Dubay – Samarqand – Dubay yoʻnalishida parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yoʻnalishda muntzam aviaqatnovlarning yoʻlga qoʻyilishi Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishi bilan ham ahamiyatlidir, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar soni har ikki tomondan haftasiga jami 13 tani tashkil etmoqda. Parvozlar har ikki mamlakatning tayinlangan aviakompaniyalari Uzbekistan airways, Fly Dubai, Air Arabia tomonidan bajarilmoqda.