Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qishloqning Erali koʻchasida joylashgan taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarining hovlisi va tomorqalariga suv kirgan. Hodisa oqibatida vafot etganlar va jarohatlanganlar yoʻq.

Ayni paytda vaziyat tegishli xizmatlar tomonidan nazoratga olingan.