Unda Xalqaro teatrlar Konfederatsiyasi uyushmasi masʼul kotibi Irina Kozak, MDH davlatlar bilan ishlash boʻyicha koordinator Yekaterina Cheremina, uyushma texnik direktor Stepan Levankov hamda vazirlik tashkiliy qoʻmita aʼzolari ishtirok etdi.
Uchrashuvda 2021-yil 30-noyabrdan 7dekabrga qadar Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan MDHning ishtirokchi, Boltiqboʻyi va Gruziya davlatlarining IV “Yoshlar teatri sanʼati” forumini oʻtkazishga doir masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, Xalqaro uyushma va MDH vakillari Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan ham uchrashib, Forumga oid tashkiliy masalalar yuzasidan muzokara olib borishdi.
Maʼlumot oʻrnida keltirish lozimki, mazkur Forum ilk marotaba 2012-yil iyun oyida Kishinev(Moldova)da, 2015-yil noyabr oyida Minsk (Belorusiya)da, 2018-yil may oyida Yerevan (Armaniston)da oʻtkazilgan.