Hisob-kitoblarga ko'ra, millionerlarning umumiy sonining 4,8 foizi mazkur davlatda yashaydi. Reytingda AQSh yetakchilik qilmoqda – millionerlarning 38,2 foizi (22,7 million kishi) mazkur mamlakat hissasiga to'g'ri keladi. Mazkur reytingda Xitoy ikkinchi o'rinda bormoqda – 10,5 foizi (6,23 million kishi).

Fransiya birinchi marta uchinchi o'rinni egalladi. U Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadan o'zib ketdi.

Dunyoda boyligi bir million dollardan oshgan odamlar soni 2022-yilda 3,5 millionga kamaydi. Tahlilchilarning fikricha, 2008-yildan beri bunday holat birinchi marta kuzatilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.