Vazirlik xabariga koʻra, filialning asosiy maqsad va vazifalari Oʻzbekiston bozorida bevosita yoki bilvosita ishtirok etayotgan har qanday Fransiya kompaniyasi xodimlarini, shuningdek ular tayinlagan vakillarini va ular bilan bogʻliq holda har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsni va boshqa davlat yoki xususiy tashkilotlarni birlashtirish hisoblanadi.

Shuningdek, uyushma filiali klub aʼzolari oʻrtasida professional almashinish va shaxsiy muloqotga koʻmaklashishga doir tadbirlarni amalga oshiradi.