Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida shu yilning 6-iyun kuni “Energiya iqlimi” davlat maqsadli kreditini jalb qili boʻyicha anglashuv memorandum imzolangan edi.
Kecha “Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya taraqqiyot agentligining 150 million yevro miqdoridagi kreditini jalb qilish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (465-son, 06.08.2020-yil) qabul qilindi.
Unga koʻra, Fransiya taraqqiyot agentligining 150 million yevro miqdoridagi kreditini 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 20 yil muddatda qaytarish sharti bilan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun jalb qilish belgilangan.
Ushbu olinadigan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga loyihani moliyalashtirishga 150 million yevro ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ AQSH dollarida, oʻn besh yil muddatga uch yillik imtiyoz davri bilan olti oylik LIBOR+1,25 toʻlash sharti bilan kredit ajratiladi.
Kreditning asosiy qismini soʻndirish, shuningdek ular boʻyicha foizlar, majburiyat uchun toʻlovlar toʻlash bilan bogʻliq harajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.