Uchrashuvda ikki davlat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik hamda qonun ustuvorligi masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Fransiya ikki tomonlama munosabatlarida oliy darajadagi muloqot doirasidagi bugungi hamkorlik sifat jihatidan yuqori bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi.
Ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishda parlamentlararo hamkorlik muhim hissa qoʻshishi alohida qayd etildi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va uning istiqbollari ham muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.