Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi davlat umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishi mumkin;
nomzod kamida B1 darajadagi DELF/DALF/TCF diplomiga yoki sertifikatiga ega bo‘lishi kerak (TCF uchun barcha testlardan, shu jumladan ixtiyoriy testlardan o‘tish talab etiladi);
ilgari hech qachon Fransiyada amaliyot o‘tash uchun grantlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lishi lozim.
10 nafar g‘olib o‘qituvchi Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo‘lga kiritadi!
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirish lozim: https://forms.gle/rV3NEGC5xtmKtwKMA
Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 31-mart kuniga qadar davom etadi.
Tanlov ikki bosqichda - hujjatlarni saralash va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. Natijalar shu yilning aprel-may oylarida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.