Maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash markazining tamal toshi qoʻyildi

    Ta'lim 10 Sentabr 2024 526

    Toshkent shahrida maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi.

    Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. Taʼkidlanishicha, ushbu loyihaga vazir Hilola Umarova hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Prezidenti Chang Von Sam tomonidan tamal toshi qoʻyildi.

    Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 nafar pedagog malakasini oshirishga moʻljallangan markaz faoliyat boshlaydi.

    Ushbu muassasa 5 ta kompetensiyani – intellektual, maʼnaviy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilgʻor oʻyin texnologiyalari bilan jihozlanadi.

    Mazkur loyiha ishga tushishi natijasida:

    • erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash;
    • shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish;
    • maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish kutilmoqda.