Murojaatda keltirilishicha, Isroil hududida xavfsizlik masalalari boʻyicha Front orti buyrugʻi tomonidan maxsus ogohlantirishlar beriladi. Fuqarolardan ushbu belgilangan rasmiy koʻrsatmalarga qatʼiy amal qilish soʻraldi.

  • Qizil rangdagi ogohlantirish – bu xavfli vaziyatni anglatadi. Bunday paytda siz:
  • Yaqindagi himoyalangan joy (bomboubejiщye/mamat) yonida boʻlishingiz lozim;
  • Harakatlanishni cheklashingiz zarur;
  • Sirena eshitilganda, zudlik bilan himoyalangan joyga kiring va yangi ogohlantirish berilgunga qadar shu yerda qoling.
  • Koʻk rangdagi ogohlantirish – xavf oʻtganini va himoyalangan joyni tark etish mumkinligini bildirish uchun beriladi. Boshpanalar yonida qolish shart emas.

Muhim: Har qanday holatda ham, rasmiy organlarning koʻrsatmalariga rioya qiling va yaqin atrofdagi boshpana joylari haqida avvaldan maʼlumotga ega boʻling, — deyiladi xabarda.