Tabiiyki, bojxonadan olib oʻtishimiz mumkin boʻlgan ayrim tovarlarning normalarini ham aniq bilavermaymiz. Xoʻsh, bu borada nimalarga haqlimiz?
Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari normalari quyidagicha:
Guruch – ogʻirligi 3 kg.dan koʻp boʻlmagan;
Non-bulka mahsulotlari – ogʻirligi 5 kg.dan koʻp boʻlmagan;
Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari – ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan;
Shakar – ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan;
Oʻsimlik moylari – ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan;
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli oʻsimliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar – ogʻirligi 40 kg.dan koʻp boʻlmagan, deb yozmoqda Huquqiy axborot telegram kanali.