Tekshiruvda filialning sobiq xodimi S.T. fuqaro F.N. bilan oʻzaro til birktirib, 539 nafar fuqaroga oʻzlarini goʻyoki Gʻuzor tumani IIB YHXBga toʻlovlarni qabul qiluvchi xodim sifatida tanishtirib, ularning jami 216 mln soʻm toʻlovlarni naqd pulda qabul qilib, evaziga bank muassasasining soxta kvitansiyalarini taqdim etib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.