Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan aholi bandligini taʼminlash, ayniqsa, xorijiy mamlakatlardagi vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda koʻplab fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.

Fuqarolarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsat beruvchi patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanishi belgilangan.

Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi.