2018-yilning dekabr oyidan 2019-yilning dekabr oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida fuqaro M.O., tanishi O.Z., bilan bir guruhga birlashib, ijara olingan Samarqand shahri Beruniy koʻchasidagi 32A uyda “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJning ofisini tashkil qilib, oʻzgalarning mulkini firibgarlik yoʻli bilan egallash maqsadida, xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga Yaponiya, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilishib, 100 yaqin fuqarolardan jami 786.948.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritishgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori M.O. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida jami 95 nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qilgan boʻlib, shulardan 84 nafar fuqaro soʻroq qilinib, jabrlanuvchi deb eʼtirof etilgan boʻlsa, qolgan 11 nafar fuqarolarimiz respublikamizning turli viloyatlarida yashab kelayotganligi sababli ular bilan bogʻliq tergov harakatlarini oʻzlarining yashash hududi boʻyicha oʻtkazish choralari koʻrilmoqda.
Dastlabki tergov davomida jinoyat ishi boʻyicha fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararning 366 mln. soʻm qoplangan.
Jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti