Murojaatga koʻra, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qoʻqon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Murojaat Vakil nazoratiga olinib, holat Ombudsmanning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.
Mintaqaviy vakil fuqaro B.N. bilan uchrashganda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga koʻrikdan oʻtkazish uchun joylashtirilishida rozilik xatiga imzo qoʻymagani, shunga qaramasdan uni shifoxonaga joylashtirishgani va 3 kun davomida koʻrikdan oʻtkazishgani hamda sogʻlom boʻlganligi sababli javob berib yuborishganligini maʼlum qilgan.
Murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish davomida fuqaro B.N.ning soʻzlari tasdiqlandi.
Oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning maʼlumotlarni bilgan xolda tekshiruv oʻtkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilganligi maʼlum boʻldi.