Mehnat huquqlari buzilgan fuqaro Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qildi. Murojaat nazoratga olinib, tegishli hujjatlar oʻrganildi hamda Ombudsman tomonidan fuqaro manfaatida sudga daʼvo arizasi kiritildi.
Sud qaroriga asosan ish haqi, oʻz vaqtida toʻlanmagan ish haqi uchun kompensatsiya, maʼnaviy zarar uchun jami 93,4 mln soʻm fuqaro foydasiga undirilishi belgilandi.
Shuningdek, javobgar ish beruvchidan Oʻzbekiston Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi mutaxassislari uyushmasining foydasiga mutaxassis xarajati uchun 1,8 mln soʻm hamda 4 mln soʻm davlat bojini undirish belgilandi.
Ombudsman ish beruvchilarni oʻz vaqtida maosh toʻlashga chaqirdi. Chunki ish haqini kechiktirish — bu faqat qonunbuzarlik emas, balki insonning yashash vositalarini cheklashdir.








