Yildan yilga amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlanish yo‘lida qilinayotgan harakatlar natijasida odamlaro turmushi tobora obod bo‘libb bormoqda. Xususan, davlatimiz rahbari boshchiligida barcha vazirlik idora va tashkilot rahbarlari mahallalar kesimida aholi bilan muntazam aloqa o‘rnatib, ularnig muammo va kamchiliklarini o‘rganayotgani diqqatga sazovordir.
Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumani Oxunguzar mahallasida istiqomat qiluvchi Dilorom Zoitovaning doimiy tarzda yashab kelayotgan xonadoni yaroqsiz holga kelib qolganligi yuzasidan qilgan murojaati Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, tegishli yordam ko‘rsatilishi belgilab olingandi. Shundan so‘ng bir nechta homiylar jalb etilib, ushbu fuqaroning murojaati qanoatlantirildi va u istiqomat qilayotgan xonadon yangidan qurilib, qulay va shinam holatda o‘z egalariga topshirildi.
Poytaxtimizning 4-sektor hududiga qarashli manzillarda saxovat va ko‘makka muhtoj hamyurtlarimiz ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Boshqarma boshlig‘i hamda ishchi guruh vakillari tomonidan xonadonbay joyiga chiqqan holda fuqarolarning muammolari tinglanib, ularga ijobiy yechim topish choralari ko‘rilmoqda.