Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Yangiqoʻrgʻon tuman kengashi, tuman hokimligi, tuman Mahalla xayriya jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Iskovot qishlogʻi markazidagi “Diyor” toʻyxona majmuasida “Mehr, saxovat va koʻmak” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Xayriya kechasiga 160 nafar nogironligi boʻlgan fuqaro taklif qilindi.
Bayram tadbirida soʻzga chiqqan XDP Yangiqoʻrgʻon tuman Kengashi raisi S. Jumanova mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ehtiyojmand, nogironligi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan islohotlar, amaliy ishlar xususida gapirib berdi. Tadbir yakunda ehtiyojmand insonlarga 6 ta nogironlik aravachasi, 10 ta qoʻltiq tayoq, 10 ta eshitish apparati sovgʻa qilindi.