Buning uchun fond huzurida tashkil etilgan, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasining 599 million 100 ming soʻmlik mablagʻlari sarflandi.
Ahamiyatli tomoni, Xalq deputatlari tuman Kengashiga yordam soʻrab kelgan fuqarolar eʼtibordan chetda qolib ketmadi. Bundan tashqari, yaqinda fondning tuman boʻlinmasi xodimlari, fondning “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan tumandagi Yulduz, A. Navoiy, Boyovut mahallasida istiqomat qilayotgan, sogʻligʻida muammosi bor, uyda yotib qolgan fuqarolarga un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.