Ogʻir vaziyatga tushib qolgan yosh oila Oʻzbekistonga qaytarildi

    Sibir poytaxtida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yosh yurtdoshlarimiz oilasi Bosh konsulxona koʻmagida Oʻzbekistonga qaytarildi

    Bu haqda “Dunyo” AA. xabar qildi.

    Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasining faol koʻmagi bilan Novosibirskda hujjatlar bilan bogʻliq muammolari tufayli yurtimizga qayta olmayotgan yosh oilaga yordam koʻrsatildi. Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi.

    Hamyurtlarimiz 15-dekabr kuni Novosibirsk aeroportidan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.