Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. 

Bunday harakatlar:

- BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.