Oʻzbekiston-Amerika hamkorligining tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama etildi.
Rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Bagʻrikenglik, insonparvarlik, millatlararo va dinlararo anglashuv tamoyillarini ilgari surishda konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Turli yoʻnalishlarda yaqin muloqotni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.