Tadbirda fuqaro Oʻ.H. oʻziga Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY hududidan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi va yordamchi bino obyektini qurish uchun ajratilgan 9,9 sotix yer maydonini fuqaro A.ga savdo majmuasini qurish uchun firibgarlik yoʻli bilan 50 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, majmuani qurib boʻlgach tanishlari yordamida faoliyat turini oʻzgartirish bilan bogʻliq hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.