Vakilalarimiz oʻyinni toʻliq nazorat qilishdi. Ta'kidlanishicha, yakunda hamyurtlarimiz tomonidan Turkmaniston ayollar milliy terma jamoasi yirik hisobda magʻlubiyatga uchratildi — 6:0.

Gollarga mualliflik qilgan qizlarimiz bilan tanishing:

Gollar: Shahrizoda Zaynitdinova 6ʼ, Zarina Mamatkarimova 50ʼ, 58ʼ, Aziza Norboyeva 64ʼ, Kamila Zaripova 79ʼ, Soliha Husniddinova 90+2ʼ.

Maʼlumot uchun: CAFA Womenʼs Championship-2022 turniridagi ilk uchrashuvda Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Tojikiston ayollar milliy terma jamoasini ham 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edi.