Viloyat FVB matbuot xizmati xabar berishicha, Pop tumani “Birlashgan” MFY hududidagi Selisoy ichki qismiga fuqarolar tomonidan noqonuniy ekib olingan daraxtlarni Namangan viloyati FVB Yongʻin qutqaruv qismlaridan hasharga kelgan xizmatchilar bilan tozalash ishlarini olib borayotgan boʻlgan.

Shu paytda mahallaning xonadonlarni birida istiqomat qiluvchi ayol tana harorati koʻtarilishi oqibatida hushini yoʻqotgan va nafas ololmay qolgan 2021-yilda tugʻilgan oʻgʻil farzandini fuqarolardan yordam soʻrab, koʻchaga koʻtarib chiqqan.

Chust tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 25-sonli yongʻin qutqaruv qismi yongʻin qutqaruvchisi birinchi yordam koʻrsatib, bolaning hayotini saqlab qolgan va bola oʻsha hududdagi eng yaqin tez tibbiy yordamga olib borilgan.