Xalqaro turnirda yetti mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi qatnashdi. Shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy xizmatchilari ham munosib ishtirok etdi.
Unda havaskor va professional atletlar oʻz yoʻnalishlarida gʻoliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqada ishtirokchilar 5 va 8 km masofadan iborat trassada murakkab mashqlarni mohirona bajardi. 5 km masofadan iborat trassada “Sprint men” yoʻnalishida 13 ta murakkab toʻsiqlarni bosib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy xizmatchilari katta leytenant Rustam Choriyev birinchi oʻrinni, leytenant Javlon Yaxshiboyev ikkinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, pul mukofoti va qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Oʻrinboy Imomnazarov,
FVV Akademiyasi oʻqituvchisi,
podpolkovnik