Bugun, soat 16:48 da ushbu yuk mashinasining haydovchisi salonda yong‘in hidini sezib, mashinaning kuzov qismida yong‘in boshlanganini ko‘rgan.
Yuk avtomobiliga ortilgan paxta yonib ketgan. Hodisa joyiga zudlik bilan hududiy FVV yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib kelgan.
Soat 17:20 da yong‘in to‘liq o‘chirildi. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolindi. Hodisa ovibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.