Лого Лого-пв-уз

    FVV qutqaruvchilari qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatdi

    “Lesetti” rusumli avtomobil haydovchisi muzlab qolgan koʻlmak ustidan harakatlanishi natijasida muz yorilib, avtomashina oʻsha joyda qolib ketgan.

    Kecha soat 10:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “Lesetti” rusumli avtomobil haydovchisi Chinoz tumanida yoʻlda xosil boʻlgan muzlab qolgan koʻlmak ustidan harakatlanishi natijasida muz yorilib, avtomashina oʻsha joyda qolib ketganligi toʻgʻrisida xabar tushgan.

    Zudlik bilan Chinoz tumani FV boʻlimi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, muz orasida qolib ketgan haydovchi, uning yoʻlovchisi hamda avtomashinasiga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam koʻrsatdilar.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.