Tekshiruvda “A.G.” MCHJ rahbari L.A. “A.I.” MCHJga gʻalla va sholichilik uchun ajratilgan 0,76 gektar sugʻoriladigan yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, ushbu yer maydonida noqonuniy baliq hovuzi tashkil qilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 273,2 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.