“A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi turni Avstraliyaga qarshi o‘tkazib, 36:26 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston – Avstraliya 36:26
Shu tariqa, qizlarimiz 5-o‘rin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi. Bu borada ularga dastlab Qozog‘iston termasi raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar kelasi yil Daniya, Norvegiya va Shvesiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.