Avstiyaning Zálsburg shahrida Gʻarb mumtoz musiqasining buyuk bastakorlaridan biri Volfgang Motsart tavalludining 265 yilligi munosabati bilan “Motsart haftaligi” boʻlib oʻtdi. Festival badiiy rahbari Rolando Vilyason ochilish marosimida oʻz hayajonini shunday ifodaladi: “Biz qanday gʻayrioddiy lahzalarni yashayapmiz. Marhamat, Motsart dahosining yangi asaridan parcha. Buni avval hech qachon va hech qayerda tinglamaganmiz. Bu asarni tinglash chindan-da ajoyib. Ohangda yosh, kuch va hissiyotga toʻlgan yigitni koʻrish va his qilish imkoniga egamiz".

1773-yil boshlariga oid Motsart asari asl nusxasi xususiy kolleksionerdan sotib olingan. “Mozarteum” fondi direktori Olrix Lyaysinger asarning musiqa yozadigan maxsus qogʻozga emas, notalarni chizadigan oddiy qogʻoz parchasiga yozilganini taʼkidladi.

Motsart buni 17 yoshida, Italiya safari soʻnggida, Zalsburgga qaytarkan yozgan.

Parcha taniqli koreys virtuozi Cho Son Jin tomonidan ijro etildi.

Maʼlumot oʻrnida: Motsart bolaliginoq musiqa olamida porlashni boshlagan. Uning favqulodda isteʼdodi toʻqqiz yoshida dastlabki konsert ariyasida aks etgan.

Zalsburgda 1756-yili tugʻilgan va 600dan ortiq kompozitsiyalar yaratgan Motsart 1791-yili vafot etgan.