Garovdagi traktorni sotib yuborgan shavvoz aniqlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.B. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimiga oʻzining “Claas” rusumli traktorining texnik pasporti yoʻqolganligi haqida yolgʻon murojaat qilgan.

    Natijada dublikat texnik pasportni olib ushbu hujjat bilan traktorni “A.A.” MCHJning tijorat banki filialidan olingan 400 mln soʻm krediti evaziga garov sifatida qoʻyib, garovdagi traktorni dastlabki texnik pasporti asosida boshqa fuqaroga sotib yuborganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.