Qattiq muqovali “Garri Potter va faylasuf toshi”ni  Blekpul (Angliyadagi shahar)da bir oila uy tozalash paytida topgan. 59 yoshli Karen Ramsi va uning qizi Sharlotta Antiques Roadshow  televizion dasturini tomosha qila turib, kitob qiymatini bilishga qaror qiladi. Odatda bu televizion dasturda nodir kitoblar bir necha barobar qimmatga sotiladi.

Ular mutaxassis Jim Spenser bilan bog'lanishgan. Mutaxassis kitobning asl nusxa ekanligini tasdiqlaydi. Ma'lum bo'lishicha, 1999 yilda ularga unutilgan bu kitobni oilaviy do'sti sovg'a qilgan va u Bloomsbury nashriyoti  tomonidan chop etilgan birinchi nashrdagi 500 nusxadan biri bo'lib chiqdi.
“500 ta bosma nusxadan 300 tasi maktablar va kutubxonalarga yuborilgan va bu kitob do'konlariga berilgan 200 nusxadan bittasi ekanligiga yaxshi misoldir” - deydi ekspert.

Kitob 11-dekabr kuni Hanson kutubxonasining onlayn-kim oshdi savdosida sotiladi, ammo oila uni sotuvga qo'yish to'g'risida ancha vaqtgacha qaror qabul qila olmadi.

“Onam 2003 yilda Blekpulga ko'chib o'tgandi va shu vaqtgacha u bunday qimmatbaho kitobga ega ekanligiga ishonish qiyin. Avvaliga biz sotuvda biroz ikkilanib turdik, lekin men turmushga chiqyapman va onam ayni paytda ishdan bo'shatilgan. Biz ma'lum bir sababga ko'ra shunday bo'lishi kerak ekan, degan xulosaga keldik va imkoniyatdan foydalandik”, - dedi Sharlotta Ramsi.