Hududda sho'ng'ishni amalga oshirgan g'avvos pastdagi metall buyumlarni payqab qolgan va bu haqda rasmiylarga xabar bergan. Topilgan ashyolar eramizning IV asr boshlarida zarb qilingan tangalar bo'lib chiqdi. Ya'ni Rim imperiyasining 30 dan 50 ming donagacha bo'lgan bronza tangalari. Topilgan tangalar follis deb ataladi, lotincha follis so'zidan olingan bo'lib, xaltacha, hamyon degan ma'noni anglatadi.
Xazina har jihatdan noyob bo'lishi mumkin. Hozirgacha Buyuk Britaniya hududidan topilgan 23 ming follis eng katta Rim tangalari xazinasi hisoblanar edi. Bundan tashqari, Sardiniya qirg'oqlaridan topilgan pullar yaxshi saqlangan va Rim imperiyasining deyarli barcha zarbxonalarida zarb qilinganligi aniqlandi, deb xabar beradi mir24.tv.