Ushbu qaror oʻzbekistonlik mutaxassisning dunyo boʻylab madaniy meros va zamonaviy sanʼatni targʻib etish ishiga qoʻshayotgan salmoqli hissasi, shuningdek xalqimizning boy tarixini asrab-avaylash va ommalashtirishga yoʻnaltirilgan tashabbuslari eʼtirofidir.

Umuman, Samarqandda oʻtayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi Oʻzbekistonning xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash orqali sohani rivojlantirishga qaratilgan global tashabbuslarni amalga oshirishda kuchayib borayotgan roli ramziga aylandi.







