Mashgʻulotlarda dastlab navbatchi nozimlarning favqulodda vaziyat roʻy bergandagi harakatlari, xabarlash tartibiga rioya etishlari sinovdan oʻtkazildi. Shundan soʻng obyekt hududida shartli ravishda yongʻin uyushtirildi.

Ishchi va xizmatchilarni evakuatsiya qilishda evakuatsiya komissiya va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari tekshirildi. Harbiylashgan gazdan qutqarish guruhi va obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmasining jabrlanganlarni xavfli hududdan olib chiqish tartibi va ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uslublari namoyish etildi. Yongʻin xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibi va maxsus avtomashinalarda sodir boʻlgan yongʻinlar bartaraf etildi.

Shundan soʻng shartli ravishda sodir boʻlgan zilzila oqibatida obyekt binosini beton plitalari ostida qolgan ishchilarini qutqarish harakati namoyish etildi.

Oʻtkazilgan maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti nazoratchi kuzatuvchilar va xizmat boshliqlari tomonidan “Kultak”, “Pomuq”, ”Alan“ gaz konlari favqulodda vaziyatlarni oldini olishga va sodir boʻlganda uning oqibatlarini bartaraf etishga ”Tayyor" deb baholandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati