Tadbirda “Oltinkoʻltumangaz” boʻlimi xodimlari M.A. va J.M.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning “Sadda” MFY hududidagi xonadonini yuqori bosimli yer usti gaz tarmogʻiga ulab berish masalasini tanishlari yordamida hal qilib berish evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.