Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi xabariga koʼra, yigʼinga 30 nafardan ortiq sportchi jalb etilgan boʼlib, asosiy tayyorgarlik yana 19 kundan soʼng start oladigan Olimpiya oʼyinlariga qaratilgan.
Eslatib oʼtamiz, eshkak eshish sport turlarida Olimpiya oʼyinlariga 6 ta yoʼllanma qoʼlga kiritilgan boʼlib, litsenziatlarimiz ushbu bazada 16 iyulga qadar tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Shuningdek, para-kanoechilarimiz ham mazkur yigʼinga jalb qilingan. Paralimpiya litsenziatlari rejaga koʼra 24 avgustgacha yigʼin oʼtkazishadi.
Taʼkidlash joiz, ushbu mashgʼulotlar litsenziatlarimiz uchun Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlariga tayyorgarlik vazifasini oʼtab bersa, qolgan vakillarimiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo oʼyinlari va boshqa yirik musobaqalarga qaratilgan.