Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2022-yilning yanvar-mart oylari davomida isteʼmolchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilindi.

Oʻtgan 3 oyda respublika boʻyicha 765 ta holatda ulurji isteʼmolchilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda 28 million 398 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari aniqlangan. Buning natijasida, gaz taʼminoti korxonalari manfaatlariga 25 milliard 831 million soʻm zarar yetkazilgan.

Ushbu miqdordagi tabiiy gaz 4 million xonadonning bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.

Aniqlangan barcha holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati.