Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, sentyabr oyida gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari avgust oyiga nisbatan oʻrtacha 2,5 foizga oshgan.

Yil boshidan buyon gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari oʻrtacha 7,3 foizga oshgan.

Sentyabr oyida maktab daftari narxlari avgust oyiga nisbatan oʻrtacha 3,1 foizga oshgan.

2020-yilda 1,6 ming tonna daftar ishlab chiqarilgan.