Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar boʻlimi tomonidan AT “Xalq banki” Quvasoy filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu bank filiali gʻaznachisi X.R. oʻziga biriktirilgan bankomatni naqd pul bilan toʻldirish hamda seyf qismidagi kassetalarni olish uchun ruxsat berilganidan foydalanib, joriy yilning may-iyun oylarida jami 212,8 mln soʻmni yaqin qarindoshi S.Sh. hamda oʻzining plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.