Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Halok bo'lganlar soni 61 709 nafarga yetdi, bir necha ming kishi bedarak yo'qolgan.
Hayotdan ko'z yumganlar orasida 17 881 nafar bola, jumladan, 214 nafar yangi tug'ilgan chaqaloqlar ham bor.
Yangilangan raqamlar Isroil va HAMAS o'rtasida 15 oylik to'qnashuvdan so'ng janglarni vaqtincha to'xtatgan sulh vaqtida e'lon qilindi, deb xabar beradi report.az.