O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etildi.