Jumladan, Nilufar Yoqubboyeva ayollar oʻrtasida grossmeysterlik talabini bajarishga muvaffaq boʻldi. Shu bilan birga u erkaklar oʻrtasida xalqaro master talabini ham bajardi.

Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov hamda Bobur Sattorovlar esa xalqaro master talabini bajargan shaxmatchilarimizga aylanishdi.

Shuningdek, xalqaro turnirda faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan tojikistonlik Muhammad Xusenxodjayev xalqaro grossmeyster talabini bajardi.

Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasida ushbu shaxmat ustalariga maxsus sertifikatlar topshirildi.